date

Gagauziya yetakchisi Yevgeniya Gutsulga 7 yil qamoq jazosi berildi

Gagauziya yetakchisi Yevgeniya Gutsulga 7 yil qamoq jazosi berildi

Moldovaning poytaxti Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tgan sudda Gagauziya muxtor hududi yetakchisi Yevgeniya Gutsul 7 yil ozodlikdan mahrum etildi. U Rossiyadan noqonuniy moliya olib kirganlikda va Mamlakatda taqiqlangan “Shor” partiyasi faoliyatini moliyalashda aybdor deb topildi.

Sud qarori ortidan sud binosi atrofida yuzlab tarafdorlar va norozilar ishtirokida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ayrim hollarda to‘qnashuvlar yuz berdi va xavfsizlik xizmati vaziyatni nazoratga oldi.

Siyosiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, Gutsulga nisbatan chiqarilgan ushbu hukm Rossiyaga moyil kuchlarning yanada faollashishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, bu hodisa 28-sentabrga belgilangan parlament saylovlari arafasida ovozlarni sotishga urinish ehtimoli bor fuqarolarga ogohlantirish bo‘lishi mumkin.

Moldova hukumati ushbu qat’iy choralarni korrupsiyaga qarshi kurash va saylov jarayonlarining shaffofligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gagauziya yetakchisi Yevgeniya Gutsulga 7 yil qamoq jazosi berildi