
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonga Rossiyadan neft xarid qilgani uchun 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy qiluvchi farmoyishni imzoladi. Bu bilan Hindistondan AQShga olib kiriladigan mahsulotlarga jami 50 foizgacha boj to‘lanadi — bu AQSh tomonidan qo‘llanilgan eng yuqori tariflardan biridir.
Oq uy bayonotida ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga tahdid solmoqda, shuning uchun bu favqulodda vaziyatga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda. Hindistonning Rossiya neftini import qilishi va uni qayta sotishi esa Rossiya iqtisodiyotini mustahkamlab, urushni davom ettirishiga zamin yaratmoqda.
Hindiston Trampning bu qarorini "asossiz va adolatsiz" deb atadi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Randir Jaysvalning aytishicha, mojaroning boshida AQSh Hindistonga Rossiya gazi bozor barqarorligini saqlab qolish uchun zarurligini bildirgan. Hindiston Rossiya neftini import qilishga Yevropaga yo‘naltirilgan an’anaviy yetkazib beruvchilar sabab majbur bo‘lganini ta’kidladi.
Hindiston, AQShning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lishiga qaramay, bu turdagi sanksiyalarga norozilik bildirib, o‘z iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar