Eron oliy rahbari maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Kavkaz mintaqasida AQSH tashabbusi bilan yaratilishi rejalashtirilayotgan yo‘lak haqida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Tehron bunday loyihaga hech qachon rozi bo‘lmaydi va bu masalada o‘z qat’iy pozitsiyasini saqlab qoladi. Viloyatiy bu haqda Tasnim agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, uning so‘zlaridan Interfax iqtibos keltirgan.
“Bunday yo‘lak AQSH prezidenti Donald Trampning yollanma askarlari uchun xizmat qiladigan maydonga aylanadi, ammo u aslida Amerika rahbariga tegishli bo‘lmaydi”, — dedi Viloyatiy.
Eronlik siyosatchi shuni ham eslatdiki, Tehron ilgari ham Zangezur yo‘lagini yaratish g‘oyasiga qarshi chiqqan. Uning fikricha, bu yo‘lak mintaqa geosiyosiy muhitida yangi qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi, chegaralarni kesib o‘tish orqali mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazishi va Armanistonning parchalanishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 8 avgust kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Yerevan va Boku o‘rtasidagi tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qilib kelgan asosiy masala — ushbu transport yo‘lagidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shuningdek, yo‘lak rasman “Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘li” deb nomlanishi ma’lum qilindi.
“Biz avvalgi muzokaralarni izdan chiqargan asosiy masalani hal etdik. Bu kelishuv deklaratsiyada ham mustahkamlab qo‘yildi. Yo‘lakka bunday nom berish men uchun katta sharaf, ammo men buni so‘ramaganman”, — dedi Tramp.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “bu maxsus tranzit hududi” Ozarboyjonga Armaniston suverenitetiga to‘liq hurmat bildiragan holda Noxichevanga o‘tish imkonini beradi. Shu bilan birga, Armaniston ham yo‘lakni rivojlantirish uchun AQSH bilan eksklyuziv hamkorlik yo‘lga qo‘ymoqda.
Endilikda, bu loyiha mintaqada geosiyosiy tortishuvlarni yanada kuchaytirishi yoki aksincha, tinchlik va iqtisodiy rivojlanish yo‘liga xizmat qilishi haqida jiddiy bahslar avj olmoqda.
Eron Kavkazda “Tramp yo‘lagi”ga qat’iy qarshi chiqdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar