Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana bir bor mamlakatning hududiy yaxlitligi masalasidagi qat’iy pozitsiyasini dunyoga e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina yerlarini o‘z tasarrufiga olish istagi qanchalik kuchli bo‘lmasin, ukrain xalqi yelkadosh bo‘lib, birgalikda harakat qilayotgan ekan, bu istak amalga oshmaydigan orzu bo‘lib qolaveradi.
Zelenskiyning aytishicha, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi aloqalar kunu tun, turli darajalarda olib borilmoqda. Prezident bu jarayonda barcha ma’lumotlar ochiqlanmasligini, chunki diplomatiyada ayrim masalalar sir saqlanishi zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbari o‘z nutqida tarixiy voqeliklarga ham to‘xtaldi. Uning fikricha, Rossiyaga Qrimni egallashga yo‘l qo‘yilgani — keyinchalik Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim qismlarini bosib olishga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Ukraina chegarasida qo‘shinlar to‘plangan paytda javob choralarining yo‘qligi keng ko‘lamli urushga yo‘l ochdi.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, hozirda Vladimir Putin Xerson viloyatining janubiy qismi, Zaporojya, butun Lugansk viloyati, Donetsk va Qrim ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani uchun “kechirilish”ni talab qilmoqda. Biroq Ukraina prezidenti buni mutlaqo qabul qilmasligini va mamlakat bo‘linishiga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ta’kidladi.
Uning bayonoti mamlakat ichida va xalqaro miqyosda katta rezonans uyg‘otdi. Ko‘plab tahlilchilar bu chiqishni Ukraina tomonidan yana bir diplomatik ogohlantirish sifatida baholamoqda. Ukrainaliklar esa Zelenskiyning qat’iy pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning kelajagi faqat birlik va jasoratda ekanini e’tirof etmoqda.
Zelenskiy: Ukraina hech qachon bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar