date

G‘azoda halok bo‘lgan “Falastin Pele”si xotirlanmoqda

G‘azoda halok bo‘lgan “Falastin Pele”si xotirlanmoqda
G‘aza shahrida halok bo‘lgan mashhur futbolchi Sulaymon al-Ubaydning oilasi va muxlislari uni hurmat bilan xotirmoqda. 41 yoshli hujumchi Falastin terma jamoasi hamda “Al-Shati” klubining yetakchisi bo‘lib, muxlislar uni Braziliya afsonasi Pelega qiyoslagan.

Falastin Futbol Assotsiatsiyasi va yaqinlarining ma’lumotiga ko‘ra, u janubiy G‘azada insonparvarlik yordamini olish uchun navbatda turgan paytda Isroil tank snaryadi zarbasida halok bo‘lgan. Uning bevasi Doa al-Ubayd marhumning faqat 10-raqamli shortikasini esdalik sifatida asrab qolgan.

Al-Ubaydning o‘limi xalqaro e’tibor qozondi. “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh UEFAning ta’ziyasida voqea sababi tilga olinmaganini tanqid qilib, “U qanday, qayerda va nima uchun vafot etdi?” deb so‘radi. Isroil armiyasi voqeaga oid dastlabki tekshiruvda hech qanday yozuv topilmaganini bildirdi.

Falastin Futbol Assotsiatsiyasi urushda yuzlab sportchilar va murabbiylar halok bo‘lganini, aksariyat sport inshootlari vayron qilinganini aytmoqda. Shunga qaramay, Al-Ubayd urush sharoitida ham futbolni tark etmay, muntazam mashg‘ulot o‘tkazgan.

Mahalliy muxlislar uni nafaqat mahorati, balki sportga sodiqligi uchun ham eslashlarini ta’kidlashmoqda. “Bu futbolchi maydonda shamolday yelib o‘ynardi, uni tomosha qilish zavq bag‘ishlardi,” deydi g‘azolik muxlislar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda halok bo‘lgan “Falastin Pele”si xotirlanmoqda