date

Biharda o‘liklar va takroriy nomlar saylovchilar sifatida qayd etilgan

Biharda o‘liklar va takroriy nomlar saylovchilar sifatida qayd etilgan
Hindistonning Bixar shtatida noyabr oyidagi saylovlar oldidan saylovchilar ro‘yxati yangilandi. Yangi ro‘yxatda 6,5 millionga kam nom qayd etilib, ayrim saylovchilarning suratlari noto‘g‘ri qo‘yilgani, takroriy yozuvlar va vafot etgan shaxslar ham kiritilgani aniqlandi.

Markaziy saylov komissiyasi o‘tkazgan maxsus intensiv qayta ko‘rib chiqish jarayoni 25-iyundan 26-iyulgacha davom etib, jami 78,9 million saylovchi tekshirildi. Natijada 2,2 million o‘lik, 700 ming takroriy nom va 3,6 million ko‘chib ketgan kishi ro‘yxatdan chiqarilgan.

Muxolifat partiyalari ayrim hududlarda, xususan musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan chegara tumanlarida saylovchilar ataylab ro‘yxatdan chiqarilayotganini da’vo qilmoqda. Saylov komissiyasi buni rad etib, jarayon faqat ro‘yxatdagi xatolarni tuzatishga qaratilganini bildirdi.

Aholi vakillari ro‘yxatda ko‘plab xatoliklar, jumladan, noto‘g‘ri fotosuratlar va vafot etgan qarindoshlari nomlari qolib ketganini aytishmoqda. Ayrimlar esa saylov huquqidan mahrum bo‘lish ularni ijtimoiy yordam va imtiyozlardan ajratishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Masala mamlakat parlamenti va Oliy sudda ham muhokama qilinmoqda. 1-sentyabrgacha ro‘yxatdagi xatolarni tuzatish uchun 165 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biharda o‘liklar va takroriy nomlar saylovchilar sifatida qayd etilgan