AQSH va Rossiya davlat rahbarlari — Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi ko‘pchilik kutgan muhim uchrashuv joriy yilning 15 avgust kuni Alyaska shtatining Ankorij shahrida o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Oq uy rasmiy ravishda ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, juma kuni prezident Donald Tramp shaxsan Alyaskaga yo‘l olib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muhokamalar o‘tkazish uchun Ankorijda uchrashadi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt ta’kidlashicha, Amerika yetakchisi Ukrainada davom etayotgan “harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlikka erishish” maqsadida qat’iy qarorga kelgan va shu yo‘lda jiddiy sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Ankorij shahri Alyaska shtatining nafaqat eng yirik aholili manzili, balki strategik jihatdan ham muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi. Ushbu geografik joylashuvi tufayli u AQSH va Osiyo o‘rtasidagi ko‘pgina diplomatik va iqtisodiy muzokaralar uchun qulay maydon sifatida tanilgan.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat rahbarlari nafaqat Ukraina atrofidagi ziddiyatlarni bartaraf etish masalasini, balki jahon xavfsizligi, iqtisodiy hamkorlik va strategik munosabatlarni rivojlantirish yo‘llarini ham muhokama qilishi kutilmoqda.
Muxlislar va siyosat kuzatuvchilari ushbu uchrashuvni katta qiziqish bilan kutib turibdi. Chunki Tramp va Putinning ushbu muzokarasi xalqaro siyosatda yangi sahifa ochishi, shu bilan birga, ikki mamlakat munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishi ehtimoli katta.
Tramp va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan shahar nomi ma’lum bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar