Hindistonda daxshatli hodisa sodir bo‘ldi — 23 yoshli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yirtqich yo‘lbars hujumi oqibatida vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u qo‘ziqorin terish uchun o‘rmonga kirgan va uyiga qaytmagan. Mahalliy aholi qidiruv ishlarini boshlab, o‘rmon ichida uning tanasidan faqat yuzi va oyoqlari qolgan holda topishgan.
Bu voqea Hindistonda yo‘lbarslar tomonidan insonlarga qilingan navbatdagi halokatli hujum hisoblanadi. Joriy yil iyul oyida Sundarbanda yo‘lbars bir kishini tishlab tashlagan, yana bir jabrlanuvchi esa hanuz topilmagan.
Bundan oldin Maxarashtra shtatidagi Parseoni shahri yaqinida dehqon ham yo‘lbars qurboni bo‘lgan. O‘shanda ham o‘rmon xodimlari hodisa joyida yo‘lbars izlarini aniqlashgan.
So‘nggi yillarda bunday fojialar soni keskin oshgan. Mutaxassislar buni o‘rmon maydonlarining qisqarishi va odamlarning tabiiy muhitga yaqinlashishi bilan izohlashmoqda. Qishloq aholisi yoqilg‘i, qo‘ziqorin va boshqa resurslar izlab tez-tez o‘rmonga kirishadi, bu esa ularni xavf ostida qoldiradi.
Ayrim hududlarda esa bolalar ham hayotlarini asrash uchun bolta ko‘tarib yurishga majbur bo‘lmoqda, chunki yirtqichlar tahdidi ortib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!