date

Indoneziyada 6 ballik zilzila: 29 kishi jarohatlandi

Indoneziyada 6 ballik zilzila: 29 kishi jarohatlandi

Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, Posob tumanini qamrab olgan 6 magnitudali yer silkinishi oqibatida kamida 29 kishi jarohat olgan.

Ma’lumot uchun, Indoneziya “Tinch okeanining olov halqasi” deb ataladigan mintaqada joylashgan. Bu hudud yuqori seysmik faolligi bilan mashhur bo‘lib, yer qobig‘i plitalarining to‘qnashuvi ko‘plab zilzilalarga olib keladi.

2021 yil yanvar oyida ham Sulavesini 6,2 magnitudali zilzila larzaga solgan edi. O‘sha paytda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan va minglab turar-joylar vayron bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada 6 ballik zilzila: 29 kishi jarohatlandi