date

Isroilda yuz minglab odamlar garovdagilarni ozod qilish va G‘azo urushini to‘xtatishni talab qildi

Isroilda yuz minglab odamlar garovdagilarni ozod qilish va G‘azo urushini to‘xtatishni talab qildi

Isroilda yuz minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, G‘azo urushini tugatish va Hamas qo‘lida qolgan garovdagilarni ozod qilishni talab qildi. Eng katta yig‘in Tel-Avivdagi “Garovdagilar maydoni”da o‘tdi. Namoyishchilar hukumatning G‘azo shahrini egallash rejasi garovdagilar hayotiga xavf solayotganini aytmoqda.

Namoyishlar doirasida bir kunlik umumiy ish tashlash ham o‘tkazildi. Ayrim yo‘llar, universitetlar va ofislar yopildi, deyarli 40 kishi hibsga olindi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bu chiqishlarni tanqid qilib, “ular Hamasni yanada qat’iyatli qiladi” dedi.

Garovdagilar oilalari esa hukumatni keskin tanqid qildi. Matan ismli yigitning onasi Einav Zangauker: “Biz farzandlarimizni talab qilamiz. Hukumat adolatli urushni ma’nosiz urushga aylantirdi”, deya bayonot berdi.

Namoyishlar Isroil urush kabineti G‘azo shahrini to‘liq egallash qarorini qabul qilganidan keyin boshlandi. BMT bu rejani qoraladi. G‘azoda esa tinimsiz bombardimonlar tufayli minglab odamlar uyini tark etmoqda, o‘nlab tinch aholi halok bo‘ldi.

BMT hisob-kitobiga ko‘ra, G‘azoda 1,9 million kishi uyidan ayrilgan, aholining katta qismi ocharchilik yoqasida qolmoqda. Hamasning 2023-yilgi hujumi 1,200 dan ortiq isroillikning hayotiga zomin bo‘lgan, Isroilning javob hujumlarida esa 61 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgani bildirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda yuz minglab odamlar garovdagilarni ozod qilish va G‘azo urushini to‘xtatishni talab qildi