Dubayda politsiya baxosi 25 million dollarga teng bo‘lgan noyob pushti olmosning o‘g‘irlanishini fosh qildi.
Qidiruv davomida jinoiy guruhning uch nafar a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar beradi WAM agentligi.
Olmos egasi uni Yevropadan BAAga sotish uchun olib kelgan. Bir yildan ortiq vaqt davomida o‘g‘irlikni rejalashtirgan jinoyatchilar o‘zlarini badavlat xaridorga vositachi sifatida ko‘rsatishgan. Ular badavlat kishilarda yaxshi taassurot qoldirish va zargar ishonchini qozonish uchun qimmatbaho mashinalarni ijaraga olib, qimmatbaho mehmonxonalarda uchrashuvlar tashkil qilgan. Jinoyatchilar uni villaga chaqirib, toshni o‘g‘irlab ketishdi.
Dubay politsiyasi tezkor guruh yaratish orqali javob berdi. Zamonaviy texnologiya va sun’iy intellekt tufayli ular 8 soat ichida gumondorlarning joylashuvini aniqlab, ularni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Olmos topildi. Jinoyatchilar olmosnini kichik muzlatgichga yashirib, BAAdan olib chiqishni reja qilgan