Italiya hukumati tarixdagi eng uzun osma ko‘prikni qurish loyihasini tasdiqladi, bu ko‘prik Apennin yarim orolini Sitsiliya oroli bilan bog‘laydi. Ushbu gigant loyiha taxminiy 3,3 kilometr uzunlikka ega bo‘lib, har biri 399 metr balandlikdagi ikki tayanch ustundan iborat bo‘ladi. Loyiha hayotga tadbiq etilish uchun 13,5 milliard yevroni tashkil etadi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bu qurilishni mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim loyiha deb ta’rifladi. Ushbu ko‘prik nafaqat transport tizimini yangilash, balki butun mamlakatning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qurilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, transport va infratuzilma vaziri Matteo Salvinining so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha natijasida Italiyaning turli hududlari orasidagi aloqalar jadallashib, mamlakat taraqqiyotiga yangi sur’at va yanada rivojlanish uchun kuchli to‘siqlarni yengish imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish 6 yil davomida kechishi kerak bo‘ladi va u ko‘plab ilg‘or texnik ishlanmalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur infratuzilma loyihasi 40 kilometrdan ortiq avtomobil va temir yo‘l qurilishini o‘z ichidan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu ko‘prik faqat Janubiy Italiyaning rivojlanishiga xizmat qilmaydi, balki butun mamlakatning iqtisodiy faoliyatiga yangi yo‘nalish beradi. Shu bilan birga, trans-yevropa transport tarmog‘iga qo‘shiladigan ushbu loyiha Italiyaning milliy ahamiyatiga ega.
Eslatib o‘tish joizki, ushbu loyiha Italiyada 1960-yillardan beri muhokama qilinib kelmoqda, ammo ayni paytda u amalga oshirishga tayyorlangan va ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda.
Italiya dunyodagi eng uzun osma ko‘prikni qurishni rejalashtirmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar