Isroil armiyasi G‘azo shahriga katta hujum qilishga tayyorlanmoqda. Rejaga ko‘ra, 60 ming zahiradagi askar sentabr oyida xizmatga chaqiriladi. Asosiy jangni muntazam qo‘shinlar olib boradi.
Hujum rejasi mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan. Hozirda G‘azoning ayrim hududlarida amaliyotlar davom etmoqda.
Isroilning bu qarori xalqaro miqyosda qattiq tanqid qilinmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uni “ikki xalq uchun falokat” deb atadi. Xalqaro tashkilotlar ham bu rejani xavfli, deb baholamoqda.
BMT va boshqa gumanitar tashkilotlar odamlarni majburan janubga ko‘chirish xalqaro huquqni buzishi mumkinligini aytmoqda. Janubdagi hududlar allaqachon gavjum va odamlar oziq-ovqat hamda yashash sharoitida qiynalmoqda.
Isroil esa asosiy maqsad Hamasni mag‘lub etish va garovdagilarni ozod qilish ekanini bildirmoqda. Biroq sulh bo‘yicha kelishuvlar hali amalga oshgani yo‘q, shu sababli vaziyat yanada keskinlashishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar