date

Motorli qayiqda yo‘qolgan it ikki kundan so‘ng topildi

Motorli qayiqda yo‘qolgan it ikki kundan so‘ng topildi

Buryatiyada odamlar va politsiya ikki kun davomida izlagan Shix-szi zotiga mansub Leysi nomli it topildi. U motori ishlab turgan, yoqilg‘i baklari to‘la qayiqda yakka o‘zi ko‘lda suzib yurgan. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.

Hodisa Gusinoe ko‘lida sodir bo‘lgan. Oila a’zolari baliq ovlashga chiqqan paytda, ulardan biri it bilan qayiqda yurib, keskin burilgan va suvga tushib ketgan. Shu bois Leysi qayiq bilan yolg‘iz o‘z yo‘lida suzib keta boshlagan.

It egasining so‘zlariga ko‘ra, motorli qayiq benzini tugagunga qadar ko‘l atrofida aylanib yurgan. Biroz vaqt o‘tib, dam oluvchilar uni nasos stansiyasiga yaqin Yelnik hududidan topishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Motorli qayiqda yo‘qolgan it ikki kundan so‘ng topildi