Moskvada taniqli restoran tanqidchisiga yozgan maqolasi sabab 200 ming rubl jarima belgilandi. Bu haqda RIA Novosti sud hujjatlariga asoslanib xabar berdi.
Sharhlovchining maqolasida interyer, menyu va xizmat sifati haqida fikrlar bilan birga, muassasa xodimlarining mulohazalari ham keltirilgan edi. Jumladan, ularning ayrimlari maoshning vaqtida to‘lanmasligidan shikoyat qilgani yozilgan. Aynan shu jumlalar sud ishiga sabab bo‘ldi.
Restoran rahbariyati bu gaplarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va muassasaning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi, deb topdi. Natijada, javobgarlik xodimlar emas, balki ularning so‘zlarini maqolasiga kiritgan tanqidchining o‘ziga yuklatildi.
Moskva arbitraj sudi qaroriga ko‘ra, tanqidchi nafaqat jarimani, balki sud xarajatlari hamda davlat boji summasini ham to‘lashi shart bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!