Janubiy Amerika qit’asida joylashgan Chilining janubiy hududlarida tabiiy ofat qayd etildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy halokatning epitsentri Antarktika yarim oroli qirg‘oqlari yaqinidagi Dreyk dovonida joylashgani aniqlandi.
Mutaxassislar xabariga ko‘ra, yer qimirlashi taxminan 10,8 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Shu sababli Chilining turli shaharlarida, shuningdek qo‘shni Argentina hududlarida ham zilzila kuchli tarzda his etildi. Mahalliy aholi va kuzatuvchilarning aytishicha, yer titrashi bir necha daqiqa davom etgan va odamlar shoshilinch tarzda ko‘chalarga chiqib ketishgan.
Zilziladan so‘ng Chili dengiz flotiga qarashli Gidrografik va okeanografiya xizmati (SHOA) sunami xavfi mavjudligi haqida rasmiy ogohlantirish berdi. Tashkilot mutasaddilari aholini ehtiyot bo‘lishga chaqirib, bir qator hududlarni shoshilinch ravishda evakuatsiya qilish haqida buyruq chiqardi.
Evakuatsiya qilish majburiy bo‘lgan hududlar qatorida: qirg‘oqbo‘yi yerlari, toshli sohillar, botqoqli hududlar, estuariylar, daryolarning dengizga quyiladigan qismlari, piyodalar yo‘llari, marinalar, sohil yo‘llari, baliq ovlash portlari hamda turli katta va kichik iskalalar tilga olindi.
Chili janubida 7,5 magnitudali zilzila va sunami xavfi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar