Microsoft o‘zining sobiq xodimiga ishdan bo‘shatilgani uchun 632 ming dollar (taxminan 50 million rubl) kompensatsiya bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Blind forumida e’lon qilingan ma’lumotga tayanib xabar qilindi, deb yozmoqda Pravilamag nashri.
Ismi oshkor qilinmagan mutaxassis IT-gigantda qariyb 24 yil faoliyat yuritgan. Ishdan bo‘shatilgach, u kompensatsiya va qo‘shimcha mukofot talab qilgan. Mablag‘ning bir qismi uning uzoq yillik mehnat staji hamda ishsizlik to‘lovi sifatida berilgan. Eng katta ulush esa — kompaniyaning “15/55 Pensiya jamg‘armasi rejasi” doirasida ajratilgan 350 ming dollarlik aksiyalar bo‘ldi.
Forumda ushbu to‘lov turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar: “24 yillik xizmat uchun bu deyarli hech narsa, bundan hayratda qolganimiz achinarli”, deya fikr bildirdi. Boshqalar esa, aksincha, kompaniya xodimiga pensiya arafasida munosib tarzda rag‘bat berganini qayd etishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!