The Economist nashri yozishicha, Donald Trampning tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritishga bo‘lgan kuchli intilishi Yevropa davlatlari uchun undan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Xususan, ular uning Ukrainaga oid pozitsiyasiga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida bu masalani qo‘lga kiritishlari mumkin.
Albatta, Norvegiya Nobel qo‘mitasi qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatish deyarli mumkin emas. Biroq Tramp nomzodini ilgari surishning o‘zi diplomatik ramz sifatida xizmat qilishi, Yevropa davlatlariga AQSH rahbari bilan munosabatlarni yumshatish va hamkorlikni kuchaytirish uchun bir turdagi ishora sifatida baholanishi mumkin.
AQSH prezidenti bu mukofotni qanchalik xohlayotganini oshkor aytmayotgan bo‘lsa-da, uning atrofidagi jamoa muntazam ravishda uning tinchlikparvarlik yo‘lidagi yutuqlarini ommaviy ravishda targ‘ib qilib kelmoqda. Xususan, Tramp o‘zini oltita yirik xalqaro nizolarni hal etishda ishtirok etgan siyosatchi sifatida ko‘rsatgan. Unga ko‘ra, agar u Rossiya-Ukraina urushiga nuqta qo‘ya olsa, bu uning “jannat eshigiga yo‘l olishi”ga zamin yaratishi mumkin.
Tramp nomzodligi allaqachon qator davlat va yetakchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ular orasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kamboja bosh vaziri Xun Sen, Gabon rahbari Brays Oligi Ngema, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu, Pokiston hukumati hamda Ruanda tashqi ishlar vaziri Olive Nduxungirexe kabilar bor.
Endi esa asosiy savol — ushbu ro‘yxatga Yevropa yetakchilari ham qo‘shiladimi? Agar shunday bo‘lsa, Trampning Nobel imkoniyatlari keskin ortadi. Ammo bu voqelikka aylanadimi yoki yo‘q — vaqt ko‘rsatadi.
Jamoatchilik va siyosiy kuzatuvchilar uchun eng qiziq jihat — Donald Tramp o‘z siyosiy karyerasida Nobel mukofotiga qadar yetib bora oladimi yoki bu ham uning orzulari qatorida qolib ketadimi?
«Trampning Nobel orzusi»: Yevropa davlatlari ikki quyonni bir o‘q bilan urmoqchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar