Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) G‘azo shahrida ocharchilik rasman boshlanganini e’lon qildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu vaziyatni “insoniyatning mag‘lubiyati” deb baholadi.
Hisobotga ko‘ra, yarim milliondan ortiq odam ochlik va o‘lim xavfi ostida qolgan. Avgustdan sentabrgacha bu muammo yanada kengayib, qariyb 641 ming kishi og‘ir sharoitda yashashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
BMT va boshqa tashkilotlar ocharchilik sababi sifatida Isroilning yordam kirishiga qo‘ygan cheklovlarini ko‘rsatmoqda. Isroil esa bu ayblovlarni rad etib, “ochlik siyosati emas, balki yordam siyosati olib borayapmiz” deydi.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, 5 yoshgacha bo‘lgan 132 ming bola to‘yib ovqatlanmaslik tufayli hayotidan ayrilishi mumkin. Sog‘liqni saqlash, suv va boshqa xizmatlar izdan chiqqan.
BMT vakillari bu ocharchilikni oldini olish mumkin bo‘lgan fojia deb atamoqda. Ularning fikricha, yordamni kengroq kiritish va tezkor sulh — yagona yechimdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar