Amerika Qo‘shma Shtatlarida migratsiya siyosati borasida muhim va shov-shuvli qaror qabul qilindi. Davlat kotibi Marko Rubio o‘zining X tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati xorijlik yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar taqdim etish jarayonini shoshilinch tarzda to‘xtatishga qaror qildi.
Rubioning ta’kidlashicha, Amerika yo‘llarida tirkamali katta yuk avtomashinalarini boshqarib kelayotgan chet ellik haydovchilar soni ortib borayotgani faqat yo‘l harakati xavfsizligiga emas, balki mahalliy haydovchilarning mehnat bozoridagi daromadlariga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. U o‘z bayonotida: «AQSH yo‘llarida xorijlik haydovchilarning ortiqcha ko‘payishi amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda va ularning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda», — deya keskin bayonot berdi.
Shu bilan birga, ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim xorij fuqarolariga AQSHga kirish uchun viza rasmiylashtirish jarayonida qo‘shimcha moliyaviy talablar qo‘yilayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, viza olish jarayonida 15 ming dollargacha garov puli talab qilinishi mumkin. Bu mablag‘ xorijlik haydovchi mamlakatdan o‘z vaqtida chiqib ketgan taqdirda qaytarib beriladi.
Avvalroq AQSH Davlat departamenti ham shu kabi jiddiy ma’lumot bilan chiqib, hozirda amaldagi Amerika vizasiga ega bo‘lgan 55 milliondan ortiq xorijlik fuqaroning migratsiya qonunchiligini buzish ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi.
AQSH yuk mashinalari haydovchilariga ishchi viza berilishini to‘xtatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar