Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyatga e’tibor qaratish maqsadida yirik namoyish bo‘lib o‘tdi. "Anadolu" agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Falastin tarafdorlari Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirayotgan blogida va harbiy harakatlariga qarshi chiqishdi. Ular ocharchilik va qahatchilikdan aziyat chekinayotgan tinch aholi holatiga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratishga urindi.
Minglab namoyishchilar London markazidagi Isroil elchixonasi oldida yig‘ilishdi. Qo‘llarida turli idish-tovoqlar bo‘lgan ishtirokchilar ularni qoshiq va metall buyumlar bilan urib, G‘azodagi og‘ir holatga ramziy tarzda ishora qilishdi. Ular bu harakat orqali Isroilning bosim va cheklovlari sabab falastinliklar orasida ochlikdan halok bo‘layotgan tinch aholi masalasini ko‘tarishdi.
Namoyishchilarning qo‘llarida turli plakatlar bo‘lib, ularda “Falastinga ozodlik”, “G‘azoga adolat”, “Ochlik qurol emas” kabi shiorlar yozilgan edi. Shunday qilib, ular nafaqat gumanitar inqirozga, balki Isroilning G‘azo ustidagi nazorati va ishg‘ol siyosatlariga ham o‘z munosabatini bildirdi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu namoyish Britaniya jamoatchiligining G‘azodagi voqealardan bexabar emasligini ko‘rsatdi. Ularning fikricha, xalqaro hamjamiyat agar jiddiy choralar ko‘rmasa, ocharchilik va qahatchilik oqibatlari yanada og‘irlashishi mumkin.
Namoyish tinch tarzda o‘tdi, politsiya tartibni nazorat qildi. Biroq yig‘ilgan omma G‘azoda yuz berayotgan fojia va uning oqibatlari butun dunyo uchun jiddiy signal ekanini qayd etdi.
Londonda minglab odamlar G‘azo ocharchiligiga qarshi chiqdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar