2023 yil oktyabridan buyon G‘azo sektorida kamida 240 nafar jurnalist hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda "TASS" agentligi ma’lumot berdi.
Bayonotga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan beri halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillari soni 240 nafarga yetdi
Shuningdek, 4 avgust kuni dunyodagi yetakchi OAVlarning yuzdan ziyod jurnalistlari G‘azoga cheklovsiz kirish imkoniyatini talab qilgan petitsiyani imzoladilar. Hujjatda ta’kidlanishicha, xorijiy jurnalistlarning erkin va mustaqil ravishda anklavga kirishi nafaqat urush jinoyatlarini hujjatlashtirish, balki mojaroga oid voqelikni burmalashning oldini olish uchun ham zarur.
Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, agar jurnalistlarning talabi Isroil hukumati va HAMAS yetakchilari tomonidan e’tiborsiz qoldirilsa, OAV xodimlari hech qanday rasmiy yo‘lsiz G‘azoga kirishga harakat qilishlari mumkinligi qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!