AQSH hukumati yaqin kunlarda chet elliklar uchun vizalarni rasmiylashtirish jarayonida qo‘shimcha talablarni amalga kiritishini mumkin. Wall Street Journal nashri xabar berishicha, endilikda muhojirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham alohida o‘rganilishi va tahlil qilinishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, arizalar ko‘rib chiqilganda ayniqsa ikki jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda: «Amerikaga qarshi» deb baholanishi mumkin bo‘lgan chiqishlar va terrorchilik bilan bog‘liq ehtimoliy aloqalar. Biroq qaysi bayonotlar aniq «Amerikaga qarshi» deb hisoblanishi hozircha rasmiy ravishda belgilanmagan.
AQSH davlat departamenti rasmiylari bu masalaga munosabat bildirib: “Agar siz Amerikani yoqtirmasangiz, unda bu yerda yashashga urinishning hojati yo‘q”, degan keskin bayonot bilan chiqishdi.
Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda davlat departamenti 55 milliondan ortiq viza egalari haqida qo‘shimcha tekshiruvlar olib bormoqda. Agar qonunbuzarlik holatlari yoki qoidalarga zid harakatlar aniqlansa, bunday shaxslarning vizalari bekor qilinishi va ularning mamlakatdan chiqarib yuborilishi (deportatsiya qilinishi) mumkin.
AQSH vizasi uchun yangi talablar joriy etilishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar