Fransiya hududida yana bir noxush aviahalokat qayd etildi. Finister departamentida yong‘in o‘chirish jarayonida xizmat ko‘rsatgan Morane 29 rusumli maxsus vertolyot suv havzasi ustida harakat paytida nazoratdan chiqib, to‘satdan quladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, guvohlar hodisa vaqtida katta fojea sodir bo‘lishidan qo‘rqishgan. Biroq vertolyotning ichida bo‘lgan uchuvchi hamda o‘t o‘chirish xizmati xodimi o‘z vaqtida chiqib ulgurishgan va og‘ir jarohat olmagan holda tirik qolishgan.
Finister prefekturasi bayonotida aytilishicha: «Vertolyot suv olish jarayonida suv yuzasi bilan keskin to‘qnashdi. Bu orqali vertolyotning izidan chiqishi va qulashiga sabab bo‘ldi».
Morane 29 modeli Fransiyada nisbatan yangi texnika hisoblanadi. U 2023 yildan buyon mamlakat bo‘ylab yong‘inlarga qarshi kurashda faol qo‘llanib kelinmoqda. Faqatgina joriy yoz mavsumida mazkur vertolyot 33 marta parvozga chiqqan va 154 marta suv tashib, turli hududlarda yong‘inlarni bartaraf etishda xizmat qilgan. Shu yo‘l bilan u yuzlab gektar maydonlarda yong‘in tarqalishining oldini olgan edi.
Fransiyada yong‘in o‘chirish vaqtida vertolyot hovuzga quladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar