date

Putin tashrifi Yevropada isteriya uyg‘otdi: ekspert izoh berdi...

Putin tashrifi Yevropada isteriya uyg‘otdi: ekspert izoh berdi...

Yevropa siyosiy sahnasida yana shiddatli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan voqea kuzatilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avgust oyi oxirida amalga oshirishi kutilgan Xitoyga tashrifi Yevropa yetakchilari orasida jiddiy norozilik uyg‘otdi.

31 avgust – 3 sentyabr kunlariga belgilangan safar doirasida oliy darajadagi muzokaralar va Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etish rejalashtirilgan. Ammo Yevropa rahbarlari va diplomatlari Pekinga tashrif buyurishdan bosh tortdi.

Taniqli harbiy ekspert Yakov Kedmiga ko‘ra, bu holat Yevropaning qanchalik “asabiylashib ketgani”ni yaqqol ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, Putin ismini tilga olishning o‘ziyoq YEIda “Pavlov refleksi”ga o‘xshash holatni yuzaga keltirmoqda:

— Ular Putin haqida eshitishlari bilanoq, sababidan qat’i nazar, vahshiy reaksiya ko‘rsatishadi, — dedi Kedmi YouTube'dagi “Pogled Info” kanalida.

Ekspertning fikricha, bu munosabat Rossiyadan qo‘rqishga asoslangan. Yevropa davlatlari Moskva kuchini yaxshi anglaydi va aynan shu qo‘rquvni yashirish uchun “Krilov ertagidagi filga hurgan it” kabi harakat qilishadi.

Kedmi shuningdek, Xitoydagi paradda qatnashishdan bosh tortish Yevropa uchun uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Pekin bu sanaga ulkan ahamiyat qaratadi va bunday boykotni haqorat sifatida qabul qilishi ehtimoldan xoli emas.

— Xitoyliklar yaxshi xotiraga ega, ular bunday xatti-harakatni osonlikcha unutmaydilar, — dedi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar Fransiya prezidenti Makron, Britaniya yoki Germaniya yetakchilari ishtirok etmasa, bu Pekin uchun katta ahamiyat kasb etmaydi. Ammo Yevropa va Xitoy munosabatlari yanada sovuqlashishi aniq.

Kedmi shuningdek, kutilmagan bir burilish ehtimolini ham tilga oldi. Agar Donald Tramp paradda qatnashishga qaror qilsa, bu Yevropa uchun yanada tahqirli vaziyatni yuzaga keltiradi. Chunki, u yodga solganidek, parad G‘alabaning Yaponiya ustidan qo‘lga kiritilganini nishonlaydi, bunda Sovet Ittifoqi ham ishtirok etgan edi.

— Tramp harbiy paradlarni yaxshi ko‘radi, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Shunday qilib, Yevropa yetakchilarining Pekinga tashrifdan voz kechishi ular uchun diplomatik muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanishi mumkin. Rossiya esa aksincha, bu vaziyatdan unumli foydalanib, Xitoy bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin tashrifi Yevropada isteriya uyg‘otdi: ekspert izoh berdi...