date

Aleksandra Trusova ilk bor o‘g‘li bilan surat ulashdi

Aleksandra Trusova ilk bor o‘g‘li bilan surat ulashdi

Olimpiya medali sohibasi, figurali uchuvchi Aleksandra Trusova o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i Makar Ignatov bilan tushgan ilk fotosuratlarini muxlislarga taqdim etdi. U Telegram’dagi sahifasida bolasi bilan iliq kadrlardan iborat suratlarni e’lon qilib, chaqaloqning qanchalik tez ulg‘ayotganidan hayratda qolganini yozdi.

Suratlarda baxtiyor ona farzandi bilan uy sharoitida kamera qarshisiga chiqqan. Trusova oq ko‘ylak va och sariq shim kiygan bo‘lsa, kichkintoyiga bej rangli kombinzon tanlangan.

“Misha bilan birinchi fotosessiyamiz. Farzandlar shunchalik tez o‘sishini tasavvur qilmagandim. Oxirgi uch hafta davomida suratlarni ko‘rib, ‘u qanchalik tez ulg‘aymoqda’ deb o‘ylayman”, — deb yozdi Trusova. Unga ko‘ra, suratga olish jarayonidan keyin ham o‘g‘li sezilarli darajada o‘zgarib ulgurgan.

Sportchining muxlislari darhol uni tabriklab, bolaga salomatlik tilashdi. Ko‘pchilik suratlarni samimiy va ta’sirchan deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, Makar Ignatov 2024 yil iyun oyida Trusovaga Sankt-Peterburgdagi ko‘prik fonida turmush qurishni taklif qilgan edi. Shu yilning avgustida esa juftlik nikohdan o‘tdi.

Ularning farzand kutayotgani haqidagi gap-so‘zlar yanvarda tarqalgan. O‘sha vaqtda tomoshabinlar Trusovaning shou davomida murakkab elementlarni bajarmayotganini va qomatidagi o‘zgarishlarni sezishgan. Ikki oy o‘tib, figurali uchuvchi muz ustida homiladorligini rasman tasdiqladi va turmush o‘rtog‘i bilan romantik chiqish qildi.

6 avgust kuni esa er-xotin ilk bor ota-ona bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, ular chaqaloqning ismini ham oshkor qilishdi. Qizig‘i shundaki, Trusova allaqachon farzandini muz ustiga olib chiqqan va bu ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksandra Trusova ilk bor o‘g‘li bilan surat ulashdi