Tokio Fudzi vulqoni portlashiga AI yordamida tayyorlanmoqda

1 daqiqa o'qish603
Tokio Fudzi vulqoni portlashiga AI yordamida tayyorlanmoqda

Yaponiya poytaxti Tokioda rasmiylar Fudzi tog‘ining mumkin bo‘lgan otilishiga qarshi tayyorgarlikni kuchaytirdi. Bu borada ular sun’iy intellekt (AI) va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalangan holda, vulqon portlashi yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariyni namoyish qildi, deb xabar beradi Peopletalk.

Fudzi tog‘i 1707 yildan beri faol otilmay kelmoqda. Shu munosabat bilan rasmiylar portlashning kuchi va ta’sirini ko‘rsatadigan videolarni taqdim etdi. Tokiodagi hukumat videosida aytilishicha, vulqon “istalgan paytda ogohlantirishsiz” portlashi mumkin.

Tokio Fudzi vulqoni portlashiga AI yordamida tayyorlanmoqda

Simulyatsiya shuni ko‘rsatadiki, vulqon kulining taxminan 100 kilometr (62 milya) uzoqlikdagi poytaxtni bir necha soat ichida qoplab, transport tizimining ishlashini to‘xtatishi, oziq-ovqat va elektr ta’minotini uzilishi, shuningdek, uzoq muddatli nafas olish bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Video yakunida shunday so‘zlar aytiladi: “Biz faktlarga, kundalik hayotimizda falokatlarga qarshi choralar ko‘rishimiz lozim”. Shuningdek, videoda konserva oziq-ovqat va birinchi yordam vositalari bilan to‘ldirilgan oilaviy oshxona ham ko‘rsatilgan.

Tokio hukumati hozircha Fudzi tog‘ining otilish belgilarini qayd etmaganini ta’kidladi: “Simulyatsiya aholiga aniq ma’lumot berish va favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida ishlab chiqilgan”.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?