Turkmanistonda 2025-yil oxirigacha mamlakat hududida sigaret chekish butunlay taqiqlanishi ma’lum qilindi. Bu haqda rasmiy davlat organlari e’lon qilgan. Ushbu yangi qoida aholi orasida salomatlikni muhofaza qilish va tutun mahsulotlaridan keladigan zararlarni kamaytirish maqsadida qabul qilinmoqda.
Mazkur qaror ahamiyatli va u qadar xavotirli emas. Negaki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston aholisi hozirda taxminan 7 million atrofida bo‘lib, ularning faqat 7 foizi sigaret chekadi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda chekishga nisbatan amalga oshirilgan qat’iy cheklovlar tufayli sekin-asta kamayib bormoqda.
Shifokorlar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari hukumat tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda, ularning fikriga ko‘ra, bu qadam aholi salomatligini yaxshilash va turli kasalliklar, jumladan yurak va o‘pka bilan bog‘liq kasalliklarning tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, yangi qoidalar nafaqat shaharlarda, balki qishloq hududlarida ham qat’iy qo‘llanilishi kerak. Bu esa aholi orasida chekish odatini kamaytirish va kelajak avlodlar uchun tutun mahsulotlaridan keladigan salomatlik xatarlarini minimallashtirishga yordam beradi.
Qayd etilishicha, bu tashabbus mamlakatdagi sog‘liqni saqlash siyosati va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda. Hukumatning bu qadami turkman aholisi uchun nafaqat salomatlikka manfaat, balki ijtimoiy foyda ham keltirishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar