Xalqaro olimlar uyushmasi Isroilning G‘azoda qilayotgan ishlarini xalqni yo‘q qilish siyosatiga o‘xshash deb baholadi. Ularning aytishicha, Isroilning hujumlari BMT konvensiyasida belgilangan xalqni yo‘q qilish ta’rifiga to‘liq mos keladi.
Uyushma a’zolarining katta qismi bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Hujjatda G‘azodagi hujumlar, vayronagarchiliklar va aholining majburiy ko‘chishi xalqni yo‘q qilish belgilari ekani ta’kidlangan.
Isroil bu kabi ayblovlarni rad etib keladi. Rasmiylarning fikricha, ularning amaliyoti o‘zini himoya qilish chorasi. Lekin Xalqaro sudda ham Isroilga qarshi xalqni yo‘q qilish siyosatini olib bormoqda degan ish ko‘rilmoqda.
“Hamas” bu qarorni olqishladi va uni xalqaro sudlarda qo‘llash mumkinligini bildirdi. Olimlar uyushmasi bundan oldin ham ayrim tarixiy voqealarni xalqni yo‘q qilish siyosati sifatida tan olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!