date

Путин ва Эрдўғон Тяньцзинда стратегик масалаларни муҳокама қилди

Путин ва Эрдўғон Тяньцзинда стратегик масалаларни муҳокама қилди

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Putin so‘zining avvalida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqaror rivojlanayotganini ta’kidlab, Turkiyaga sayohat qiluvchi rossiyaliklar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qildi.

“Turkiyaga sayohat qiluvchi turistlar orasida Rossiya fuqarolari birinchi o‘rinni egalladi. Joriy yilda 6,7 milliondan ortiq rossiyalik Turkiyaga tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,3 foizga ko‘pdir”, — dedi Putin.

Prezident Erdo‘g‘on ham ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni ijobiy baholar ekan, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm va energetika sohalaridagi hamkorlik izchillik bilan kengayib borayotganini ta’kidladi.

“Biz Rossiya bilan o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Har ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun umumiy sa’y-harakatlar olib borishda davom etamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uchrashuv chog‘ida Ukrainadagi inqiroz bilan bog‘liq vaziyat ham muhokama etildi. Putin Turkiya tomonining tinchlikka intilish va diplomatik yechim izlashdagi sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdi.

“Biz Turkiyani ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkor sifatida qabul qilamiz. Uning turli xalqaro maydonlardagi konstruktiv roli qadrlanadi”, — dedi Rossiya Prezidenti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Путин ва Эрдўғон Тяньцзинда стратегик масалаларни муҳокама қилди