date

Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga javob berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalayotgani ortidan shaxsan izoh berdi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan xabarda o‘zini har qachongidan ham yaxshiroq his qilayotganini ta’kidladi.

«Hayotim davomida hech qachon bunchalik sog‘lom va kuchli bo‘lmaganman», — deb yozdi Tramp.

Undan avval Axios nashri jurnalisti Barak Ravid Oq uyning yuqori martabali manbasiga tayanib, Donald Trampning salomatligi mutlaqo yaxshi ekani haqida ma’lumot bergan edi.

29-avgust kuni AQSH vitse-prezidenti Jeyms Vens ommaviy bayonot bilan chiqib, agar Donald Trampga nimadir bo‘lsa, davlat rahbari lavozimini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini aytdi. Bu gap G‘arb ijtimoiy tarmoqlarida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Trampning hatto vafot etgani haqida asossiz mish-mishlar tarqaldi.

Prezidentning shaxsan o‘zi bergan izoh esa barcha shubhalarga chek qo‘ydi. U o‘zini faoliyat olib borish va siyosiy jarayonlarda ishtirok etish uchun to‘liq quvvatda ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga javob berdi