Shveysariyada joylashgan Thermoplan kompaniyasi Starbucks uchun qahva mashinalari ishlab chiqaradi. AQSh prezidenti Donald Tramp Shveysariya mahsulotlariga 39 foizlik boj joriy qilgach, kompaniya katta zarar ko‘ra boshladi. Bu holat 500 dan ortiq ish o‘rni taqdirini xavf ostiga qo‘ydi.
Kompaniya rahbari Adrian Shtaynerning aytishicha, yangi bojlar sabab har hafta qariyb 200 ming frank (taxminan $250 ming) zarar yuzaga kelmoqda. Thermoplan ishlab chiqarishni Germaniyaga ko‘chirish yoki AQShda zavod ochish imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar bojlar bekor qilinmasa, Shveysariyada minglab ishchilar ishsiz qolishi mumkin. Ayrim firmalar esa ishlab chiqarishni Yevropa Ittifoqiga o‘tkazish yo‘llarini izlamoqda.
Thermoplan mahsulotlarining asosiy qismi chet davlatlarga sotiladi. Starbucks kompaniya uchun eng katta mijozlardan biri bo‘lib, hozirgi bojlar bu hamkorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!