date

Germaniya vizasi bilan 45 afg‘onistonlik qonuniy yo‘l bilan kiritildi

Germaniya vizasi bilan 45 afg‘onistonlik qonuniy yo‘l bilan kiritildi

1 sentyabr kuni Germaniya yana bir guruh afg‘onistonlik fuqarolarni qabul qildi. “Deutsche Welle” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatga kirish huquqiga ega bo‘lgan 45 nafar afg‘onistonlik Gannover aeroporti orqali kirib keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Pokiston poytaxti Islomboddan yo‘lga chiqib, Istanbul orqali parvoz qilgan va nihoyat Germaniyaga yetib borgan.

Germaniya Ichki ishlar vazirligi vakili ta’kidlashicha, ushbu shaxslar sud qarorlari asosida viza olishgan. Shu bois ular mamlakatga kirish va xavfsizlik nazoratlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.

“Barcha afg‘onistonliklar qabul va xavfsizlik bo‘yicha zarur tekshiruvlardan to‘liq o‘tdi”, — deya ma’lum qilgan vazirlik vakili.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Pokiston hududida 2100 dan ortiq afg‘onistonlik yashab turibdi. Ular Germaniyaga kirish vizasiga egaligini ta’kidlab, parvoz navbatini kutmoqda. Ayrim oilalar Islombodda oylar, hatto yillar davomida yashab qolgan.

Mutasaddilarning fikricha, ushbu jarayon Germaniyaning gumanitar siyosatining bir qismi bo‘lib, xavf ostida qolgan shaxslar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya vizasi bilan 45 afg‘onistonlik qonuniy yo‘l bilan kiritildi