date

Buyuk Britaniyada bolalarga energetik ichimliklar taqiqlanadi

Buyuk Britaniyada bolalarga energetik ichimliklar taqiqlanadi

Buyuk Britaniya hukumati yangi tashabbus bilan chiqdi. Endi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga litrida 150 milligrammdan ortiq kofein saqlaydigan energetik ichimliklarni sotish taqiqlanishi mumkin. Hozirda bu masala yuzasidan maslahatlashuv jarayonlari boshlangani ma’lum qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ichimliklar bolalarga zararsizdek ko‘rinishi mumkin, ammo ular uyqu rejimini buzadi, diqqatni jamlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va umumiy salomatlikka zarar yetkazadi. Shakar miqdori yuqori bo‘lgan energetik ichimliklar esa ortiqcha vazn va semirish xavfini yanada kuchaytiradi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting o‘z bayonotida:
— Energetik ichimliklar bolalarning kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Uyqusizlik, ruhiy charchoq va parokandalik ularning farovonligini pasaytiradi. Shu sababli biz bu mahsulotni cheklashga qaratilgan choralarni ko‘rmoqdamiz, — dedi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har kuni kamida 100 ming bola kamida bir marotaba energetik ichimlik iste’mol qiladi. Bu esa ularning nafaqat o‘quv jarayoni, balki ruhiy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’lim vaziri Bridjit Fillipson bu chorani “tarixdagi eng sog‘lom bolalar avlodini shakllantirish yo‘lidagi qadam” sifatida baholadi. Uning fikricha, taqiq orqali o‘quvchilarning salomatligini himoya qilish, ularni yomon odatlardan asrash va to‘g‘ri turmush tarziga yo‘naltirish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada bolalarga energetik ichimliklar taqiqlanadi