date

Ishqiy munosabat Nestlé rahbarining iste'fosiga sabab bo‘ldi

Ishqiy munosabat Nestlé rahbarining iste'fosiga sabab bo‘ldi

Nestlé kompaniyasi bosh direktori Loran Freyshe o‘z qo‘l ostida ishlovchi xodima bilan shaxsiy munosabatlari oshkor bo‘lgach, lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi.

Nestléning xulq-atvor kodeksiga ko‘ra, rahbar va xodim o‘rtasidagi bunday aloqalar qat'iyan man etiladi. “Bu majburiy qaror edi. Nestlé qadriyatlari va boshqaruv tamoyillari kompaniyamizning poydevorini tashkil etadi”, — dedi direktorlar kengashi raisi Pol Byulke.

Lavozimga Filipp Navratil tayinlandi. U avval Nescafe va Nespresso kabi brendlar rivojiga mas’ul bo‘lgan. U 2025 yil 1 yanvardan Nestlé Ijroiya kengashi tarkibiga qo‘shilgan.

Iyul oyida esa Coldplay konsertda “kiss-camera” orqali boshqa bir mojaro yuzaga kelgan edi. Unda turmush qurgan juftlik sifatida ko‘rsatilgan shaxslar kompaniyaning HR bo‘limi rahbari Kristin Kabot va IT mutaxassisi Endi Bayron ekani aniqlangan. Videoning tarqalishi katta shov-shuvga aylandi va internetda ko‘plab memlar paydo bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Bayron ishdan ketgani ma’lum qilindi. Kompaniya bayonotida: “Bizga rahbarlar namuna bo‘lishi, axloq va mas’uliyat me’yorlariga rioya qilishi kerak. Ammo so‘nggi vaqtda bu talablar buzildi”, — deyilgan. Bayrondan so‘ng Kristin Kabot ham lavozimini tark etdi.

Kutilmaganda esa 54 yoshli aktrisa Gvinet Peltrou “Astronom” kompaniyasining vaqtinchalik vakili sifatida tayinlandi. U bu haqda hazilomuz videorolik orqali ma’lum qilib, kompaniya faoliyatiga oid “eng ko‘p so‘raladigan savollarga” javob qaytardi. Shu jumladan, “Yo Xudo, nima bo‘ldi?!”, “Sizning SMM jamoangiz bu vaziyatga qanday yondashadi?” kabi savollarga ham.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ishqiy munosabat Nestlé rahbarining iste'fosiga sabab bo‘ldi