Sudanning Darfur mintaqasidagi Marra tog‘larida kuchli yomg‘irlar oqibatida ko‘chki yuz berdi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, kamida 370 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Mahalliy aholi esa ming nafargacha odam halok bo‘lgani haqida aytmoqda.
Ko‘chki Tarseen qishlog‘ining katta qismini vayron qildi. Qutqaruvchilar hozircha faqat to‘qqiz kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Qishloqda yuzlab oilalar yashagan va ko‘plab odamlar hali ham bedarak yo‘qolgan.
BMT qutqaruvchilar, oziq-ovqat, suv va boshqa yordamlarni yubormoqda. Ammo tog‘li hududga borish juda qiyin: yomg‘ir va yomon yo‘llar qutqaruv ishlarini sekinlashtirmoqda. Havo orqali yordam yetkazish rejalashtirilgan.
Darfur gubernatori bu voqeani “katta fojia” deb atadi va xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!