Indoneziyaning Yava orolining sharqida joylashgan Semeru vulqoni yana faollik ko‘rsatdi. Antara News agentligining xabar berishicha, vulqon bir kunda ikki marta otilgan va mahalliy aholi orasida xavotir uyg‘otgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash mahalliy vaqt bilan 05:01 da sodir bo‘lgan va taxminan 140 soniya davom etgan. Ammo bu jarayon vizual ravishda kuzatilmagan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, soat 09:28 da yana bir kuchli otilish qayd etildi. Bu safar portlash 145 soniya davom etgan va vulqondan otilgan qora kul 500 metr balandlikka ko‘tarilib, janubiy-sharqiy tomonga yo‘nalgan.
Mahalliy rasmiylar bildirishicha, Semeru vulqoni hozirda ham “2-ogohlantirish” darajasida turibdi. Shuning uchun vulqon cho‘qqisidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan Besuk Kobokan atrofida barcha turdagi faoliyat qat’iyan taqiqlangan. Bu esa aholining xavfsizligini ta’minlash uchun joriy qilingan qo‘shimcha choralardan biri hisoblanadi.
Indoneziya dunyodagi eng ko‘p faol vulqonlarga ega mamlakat sifatida tanilgan. Mamlakat “Tinch okeani olov halqasi” deb ataladigan geologik zonaning markazida joylashgan. Bu hududda kuchli zilzilalar, to‘fonlar va vulqon faoliyatlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. Ayni paytda Indoneziyada 130 dan ortiq faol vulqon mavjudligi qayd etilgan.
Indoneziyada Semeru vulqoni ikki marta otildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar