date

Mask: Neuralink 2026-yilda ko‘rish qobiliyatini tiklaydi

Mask: Neuralink 2026-yilda ko‘rish qobiliyatini tiklaydi

Ilon Mask rahbarlik qilayotgan neyrotexnologiyalar kompaniyasi Neuralink 2026-yilda butunlay ko‘r bo‘lgan bemorning ko‘rish qobiliyatini qisman tiklash operatsiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Kanadadagi ilk faoliyat haqida ma’lumot berib, kompaniyaning rejalari haqida izoh qildi.

Kompaniya va Maskning ma’lum qilishicha, kelgusi yili ko‘r insonning ko‘rish qobiliyatini qisman hamda bosqichma-bosqich tiklash ustuvor maqsad qilinadi. Bu jarayonda neyrochiplar orqali ko‘rlikka qarshi ilmiy va tibbiy yondoshuv sinovdan o‘tkaziladi, bu esa nafaqat ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun, balki boshqa nevrologik kasalliklardan aziyat chekayotganlar uchun ham imkoniyatlar ochishi mumkin

Iyul oyida Bloomberg agentligi xabar berishicha, Neuralink 2031-yilga kelib har yili 20 000 bemorga neyrochiplar implantatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bemorlar neyrochiplarning uchta versiyasidan foydalanishi mumkin bo‘lib, ular quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ko‘r va zaif ko‘rish qobiliyatiga ega insonlar uchun ko‘rishni yaxshilash (Ko‘r-ko‘rona), neyrodegenerativ kasalliklarning alomatlarini yumshatish va boshqa aqliy kasalliklarni nazorat qilish uchun moslashtirilgan qurilmalar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mask: Neuralink 2026-yilda ko‘rish qobiliyatini tiklaydi