Indoneziyada hayot qimmatligi va tengsizlikka qarshi noroziliklar davom etmoqda. Vaziyat Gojek kompaniyasi yetkazib beruvchisi politsiya mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgach kuchaydi.
Qo‘shni davlat fuqarolari indoneziyalik haydovchilarga yordam berish uchun ovqat buyurtma qilmoqda. Ular Grab va Gojek ilovalari orqali kuryerlarga taom yuborib, uni o‘zlariga olib qolish yoki boshqalar bilan ulashishni so‘ramoqda.
Malayziya, Singapur, Filippin va Tailand fuqarolari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning aytishicha, bu indoneziyaliklar bilan birdamlik ko‘rsatishning eng oddiy yo‘li.
Indoneziyalik haydovchilar bunday yordam uchun minnatdorlik bildirib, chet eldan kelayotgan buyurtmalar hozirgi og‘ir vaziyatda ularga katta yengillik bo‘layotganini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!