Yaponiyada 80 yoshli pensioner ayol soxta “kosmonavt”ga ishonib, katta mablag‘dan ayrildi. U o‘zini haqiqiy fazogir sifatida tanishtirgan shaxs bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilib kelgan, deb yozmoqda Pravilamag.
Oradan vaqt o‘tib, erkak unga ishda qiyinchilikka duch kelganini va favqulodda holat tufayli yordamga muhtojligini aytgan. “Kosmonavt” go‘yo samolyot orqali kosmosda bo‘lib, hujumdan keyin “kislorod sotib olishi kerakligini” bildirgan.
G‘amxo‘r ayol unga ishongan va chunonchi 6700 dollarni boshqa hisobga o‘tkazib, moddiy yordam ko‘rsatgan. Ushbu mablag‘ “kislorod xaridi” uchun sarflanishi aytilib, aslida firibgarning qo‘liga tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol muloqot davomida o‘zini yolg‘iz his qilgan va shaxsiy tuyg‘ular ham paydo bo‘lgan. Shu bois uni vaqtida hech kim to‘xtata olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!