Germaniya Ukraina xavfsizligi uchun yangi takliflar tayyorlamoqda

Dunyo1 daqiqa o'qish264
Germaniya Ukraina xavfsizligi uchun yangi takliflar tayyorlamoqda

Germaniyaning Der Spiegel haftalik nashri va AFP axborot agentligi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Berlin hukumati Parijda o‘tadigan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida Ukraina xavfsizligini ta’minlash borasidagi o‘z takliflarini taqdim etishi kerak edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniya kansleri Fridrix Mers videokonferensiya shaklida yig‘ilishda ishtirok etib, urushdan keyingi davr uchun Ukraina xavfsizligi bo‘yicha rejani muhokamaga qo‘yishi belgilangan.

AFP agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib yozishicha, asosiy e’tibor Ukrainaning havo mudofaasi va hujumkor harbiy imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratiladi. Shu bilan birga, Mersning takliflar paketida bundesver askarlarini Ukraina hududiga joylashtirish rejasi nazarda tutilmagani alohida ta’kidlangan.

Berlindagi suhbatdoshlar ma’lum qilishicha, Germaniyaning Ukraina xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki uchun bir qator shartlar zarur. Jumladan, AQSH va Rossiyaning muzokaralarga tayyorligi, hukumat koalitsiyasi doirasida konsensusga erishish hamda Bundestagda qo‘llab-quvvatlanishi muhim hisoblanadi.

Der Spiegel nashri yozganidek, Germaniya hukumati tinchlik kelishuvi imzolangandan keyin Ukraina xavfsizligini ta’minlashda bundesver ishtirokini cheklash niyatida. Shu yo‘l bilan Berlin o‘z zimmasiga ortiqcha majburiyatlar olishdan qochishga harakat qilmoqda.

Shu tariqa, Parijdagi «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida Berlinning takliflari Kiyev xavfsizligi borasidagi eng muhim masalalardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?