date

Eynshteynning ilk skripkasi auksionga qo‘yildi

Eynshteynning ilk skripkasi auksionga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada Albert Eynshteynning ilk va eng suyukli skripkasi savdoga qo‘yildi. Mutaxassislar musiqiy asbob 405 ming dollargacha (taxminan 33 million rubl) narxda sotilishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda The Telegraph yozdi.

Eynshteyn skripkani 1890 yillarning o‘rtalarida, Myunxendan Shveytsariyaga ko‘chib o‘tishidan oldin qo‘lga kiritgan. Mashhur fizika olimining birinchi cholg‘usi Ikkinchi jahon urushi yillarida yashirilgan. Qiziq jihati shundaki, unda “Lina” degan yozuv o‘yib bitilgan.

Keyinchalik Eynshteyn skripkani boshqa buyumlari qatorida hamkasbi Maks fon Lauega topshiradi. Oradan yigirma yil o‘tgach, u cholg‘uni olimning muxlisi — Braunshveyglik Margareta Xommrixga hadya qiladi. Uzoq yillar davomida skripka qizning oilasida saqlanib kelgan. Nihoyat, uning nevarasi qadimiy cholg‘uni kim oshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eynshteynning ilk skripkasi auksionga qo‘yildi