TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Oliver ismli mushukning videosi tez tarqaldi. U har kuni egasi bilan yugurish yo‘lakchasida mashq qiladi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, mo‘ynali do‘stining odati tufayli u ham yaxshi jismoniy shaklga ega bo‘lgan.
Ovii Barani mushukni 2023 yilda uyga olib kelgan. Masofadan ishlashga o‘tgach, u ko‘proq harakat qilish uchun yugurish yo‘lakchasini sotib olgan. Kutilmaganda Oliver ham bunga qiziqib qolib, tez orada mashina bilan “do‘stlashgan”.
“Men yo‘lakchada yugurayotganimda, u yonimda, o‘ng tarafimda yuradi. Men asta-sekin tezlikni oshirdim, hozirda esa u soatiga 6 km gacha chopishi mumkin. Har tong uyg‘ongach, avval suv ichadi, keyin yugurish yo‘lakchasiga chiqib, uni yoqishimni kutadi”, — deydi Ovii.
Oliverning mashqlari har kuni o‘n daqiqa davom etadi. Avval u 30 soniya yuradi, so‘ng bir daqiqa tanaffus qiladi va keyin yana mashqni davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!