date

G‘azodan uchirilgan raketalar Isroil osmonida to‘xtatib qolindi

G‘azodan uchirilgan raketalar Isroil osmonida to‘xtatib qolindi

Isroil armiyasi G‘azo sektori tomonidan yo‘llangan navbatdagi raketalar haqida rasmiy bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 6 sentyabr kuni G‘azodan Isroil hududi sari ikki raketa otilgan. Ulardan biri Isroilning havo mudofaa tizimi tomonidan muvaffaqiyatli ravishda to‘xtatib qolingan, ikkinchisi esa ochiq maydonga tushgan.

Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) ma’lumotiga ko‘ra, bu holat G‘azo sektori markazidan otilgan raketalar sababli xavo hujumi sirenalari Netivot shahri va uning atrofida yangraganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Telegram orqali tarqatilgan bayonotda ta’kidlanishicha, birinchi raketa Iron Dome havo mudofaa tizimi yordamida yo‘ldayoq yo‘q qilingan, ikkinchisi esa aholi yashamaydigan yerga qulagan.

Bu voqea Isroil va Falastin o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat fonida ro‘y bermoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabr kuni XAMAS harakati tomonidan Isroilga qarshi keng ko‘lamli raketa hujumi boshlangandi. U paytda minglab raketa otilgan, XAMAS jangarilari chegaradan o‘tib, harbiylar va tinch aholiga qarata qurolli hujum amalga oshirgan. Hujum natijasida Isroil tomonida 1 200 nafarga yaqin inson halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi esa garavga olingan.

Shundan beri Isroilning G‘azoga qarshi javob amaliyotlari to‘xtagani yo‘q. Harbiy amaliyotlar chog‘ida Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari G‘azoda katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda. G‘azo sektoridagi rasmiy idoralar ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon qurbonlar soni 64 000 nafardan oshgan, ularning ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azodan uchirilgan raketalar Isroil osmonida to‘xtatib qolindi