date

O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik elektr infratuzilmasini barpo etmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik elektr infratuzilmasini barpo etmoqda

6 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida muhim energetik forum — "Afg‘onistonda energetika sektoriga sarmoya kiritish va hamkorlikni rivojlantirish"ga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir energetika sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, Afg‘onistonning energetika infratuzilmasini qayta tiklash va xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan.

Anjumanda Afg‘oniston hukumati vakillari, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari energetika vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, BMT, YEI va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda Qobuldagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida erishilgan eng muhim kelishuvlardan biri — O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 220–500 kilovolt kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalari hamda yuqori quvvatli podstansiyalar qurilishiga oid moliyaviy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Mazkur shartnoma ikki tomonlama energetika aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Loyiha doirasida Afg‘oniston hududida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan elektr infratuzilmasi obyektlari barpo etiladi. Jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va ular bilan bog‘liq podstansiyalar qurilib, mamlakatning markaziy va janubiy hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik elektr infratuzilmasini barpo etmoqda