date

Germaniya favqulodda holat uchun oziq-ovqat zaxirasini oshiradi

Germaniya favqulodda holat uchun oziq-ovqat zaxirasini oshiradi

Germaniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Alois Rayner mamlakat kutilmagan holatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini ko‘paytirish tashabbusini ilgari surdi.

Vazirning aytishicha, asosiy e’tibor tayyor holda iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga qaratilmoqda. Xususan, konservalangan makaron va shu kabi mahsulotlar zaxirasini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

«Men ularni qizdirish yordamida tez tayyorlanadigan va iste’molga yaroqli milliy zaxira sifatida shakllantirmoqchiman», — dedi Alois Rayner jurnalistlar bilan suhbatida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tashabbusning umumiy qiymati 80–90 million yevroga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Rayner ta’kidlashicha, hozirgi geosiyosiy voqealar va global yetkazib berish zanjirlaridagi muammolar Germaniyani bunday choralarni amalga oshirishga undamoqda. Shu bois, tayyor mahsulotlar zaxirasi mamlakat xavfsizligi va barqarorligi uchun muhim omil sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya favqulodda holat uchun oziq-ovqat zaxirasini oshiradi