Buyuk Britaniyada sud sobiq qon tomir jarrohi Nil Xopperni 32 oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U jinsiy mayl sababli o‘z oyoqlarini kesib tashlagan va sug‘urta kompaniyasini aldab, 466 ming funt sterlingdan ortiq tovon puli olgan. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
2019 yilning aprelida u oyoqlarini quruq muz yordamida muzlatib, keyinchalik amputatsiya qildirishga majbur bo‘lgan. Nashr qayd etishicha, bu uning yillar davomida yashirin orzusi bo‘lib kelgan va buni jinsiy zavq bilan bog‘lagan.
Xopper sug‘urta kompaniyasiga amputatsiya sepsis tufayli amalga oshirilganini aytib, yolg‘on ma’lumot bergan. Olingan pulni u kemper mashina, issiq vanna, pechka va boshqa turli loyihalarga sarflagan.
Sud uni firibgarlikda hamda noqonuniy sayt orqali haddan tashqari pornografik materiallarni saqlaganlikda ham aybdor deb topdi.
Huquq-tartibot idoralari Xopperni, noqonuniy kontent joylashtirgan va tanani ekstremal tarzda o‘zgartirish operatsiyalarini uyushtirgan Marius Gustavson ishi doirasida aniqlagan. 2024 yilda Gustavson erkak jinsiy a’zolarini olib tashlash va 16 yoshdan kattalarga nisbatan boshqa xavfli jarrohliklarni tashkil qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
2023 yil mart oyida Xopper NHS tizimidagi ishidan chetlashtirildi, keyinchalik tibbiy ro‘yxatdan ham chiqarildi. Oradan ko‘p o‘tmay, uning rafiqasi ajrashish uchun ariza topshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!