date

Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq nazorat va javobgarlik kuchaytirildi

Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq nazorat va javobgarlik kuchaytirildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy migrantlar bilan bog‘liq jinoyatchilikka qarshi choralar kuchaytirilmoqda. Shuningdek, migrantlarni ishga joylashtirayotgan ish beruvchilar ustidan ham nazorat yanada qat’iylashtirilgani aytildi.

Ta’kidlanishicha, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshiruvlar soni sezilarli oshgan. Xususan, tekshiruvlar 14,6 foizga ko‘payib, 6 ming 367 ta holat qayd etilgan. Natijada, 19 ming 839 ta huquqbuzarlik ochib berildi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarim yilligida 587,8 ming migratsiya bilan bog‘liq qonunbuzarliklar aniqlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p. Ular orasida noqonuniy yashash holatlari 28 foizga, mehnat bozori orqali bandlikka oid qoidabuzarliklar esa 52 foizga oshgan.

Shu bilan birga, propiska va vaqtincha propiska berish ko‘rsatkichlari keskin pasaygan. Masalan, yarim yillik davomida berilgan ruxsatnomalar 16,6 mingtaga kamayib, 31 foizga tushgan. Yashash uchun berilgan ruxsatnomalar esa 80,1 mingtaga kamayib, 32 foizlik pasayish qayd etildi.

Ma’lumotda qayd etilishicha, bu yil 791 nafar shaxsga nisbatan Rossiya fuqaroligini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan. Shuningdek, chet elliklar uchun ishga joylashtirish bo‘yicha bildirishnomalar soni ham oshgani qayd etildi.

Shu tariqa, Rossiya hukumatining migratsiya masalalaridagi siyosati tobora qat’iy tus olmoqda. Bu esa mamlakatda ichki xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq nazorat va javobgarlik kuchaytirildi