date

Suriyada hukumat almashgach, Yevropa boshpanasiga talab kamaydi

Suriyada hukumat almashgach, Yevropa boshpanasiga talab kamaydi

Yevropa Ittifoqida qochoqlikka oid murojaatlar soni keskin pasaydi. Sabab sifatida Suriyada hukumat almashishi va mamlakatda barqarorlikka umidlar paydo bo‘lishi qayd etilmoqda.

Yevropa boshpana agentligi (EUAA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi, Shveysariya va Norvegiyaga berilgan boshpana arizalari o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga kamaydi.

Shulardan 25 mingga yaqini suriyaliklar tomonidan berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 66 foizga kam hisoblanadi.

EUAA hisobotida ta’kidlanishicha, qochqinlar oqimidagi o‘zgarishni migratsiya siyosatidagi choralar bilan bog‘lash qiyin. Asosiy omil sifatida esa 2024 yil dekabrida Suriyada hukumat almashgani ko‘rsatilgan.

“Suriyaning yangi rahbariyati barqarorlik va tiklanish tarafdori ekanligi uchun ko‘plab fuqarolarda yurtlariga qaytish umidi paydo bo‘ldi”, — deyiladi agentlik hisobotida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada hukumat almashgach, Yevropa boshpanasiga talab kamaydi