AQShda bojlar ishlab chiqaruvchilarga og‘irlik qilmoqda. Matouk kompaniyasi har oy 100 ming dollardan ortiq qo‘shimcha xarajat qilishga majbur. Sababi – Hindiston va Portugaliyadan olib kelinadigan mato va boshqa mahsulotlarga qo‘yilgan yuqori to‘lovlar.
Mutaxassislar fikricha, bu choralar foyda bermayapti, aksincha narxlarni oshirib, korxonalar yangi texnika va rivojlanishga sarflaydigan mablag‘ini kamaytirmoqda.
Mahalliy tadbirkor Frank Texera ham bunday siyosat uzoq muddatda AQSh iqtisodiyotiga zarar yetkazishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishni qayta tiklash yanada murakkablashadi.
Shu bilan birga, ayrim tadbirkorlar adolatli savdo bo‘lishini istashsa-da, hozircha bojlar ko‘plab kichik va o‘rta korxonalar uchun qo‘shimcha xarajat va foydaning kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!